O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi

Shavkat Mirziyoyev bilan Sadir Japarov uchrashuv o‘tkazdi.

2062226
O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun hozirda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha o‘zaro savdo hajmi jadal sur’atda o‘smoqda. Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Tadbirlarga boy madaniy - gumanitar hamkorlik dasturi ro‘yobga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga alohida to‘xtaldilar.



Aloqador xabarlar