Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

2062224
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyurdi

 

Yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida qatnashish uchun Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan mazkur sammitda ishtirok etish uchun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar Toshkentga yetib kelgan.

 



Aloqador xabarlar