Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq prezidentlari qo'lga olindi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq rahbarlari Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyan, shuningdek, parlamentning sobiq rahbari David Ishxanyan terrorchilikda ayblanib hibsga olingani tasdiqlandi.

2046989
Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq prezidentlari qo'lga olindi

 

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq rahbarlari Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyan, shuningdek, parlamentning sobiq rahbari David Ishxanyan terrorchilikda ayblanib hibsga olingani tasdiqlandi. Gukasyan, Saakyan va David Ishxanyan 3 oktyabr kuni Xonkendi shahrida qo'lga olingani va poytaxt Bakuga olib ketilgan.

Bu haqda Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.  

“Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 2023 yil 3 oktyabrda Arkadiy Gukasyan, Bako Saakyan va David Ishxanyanlar ushlanib, Ozarbayjon Jinoyat kodeksining 214.2.1, 214.2.2, 214.2.3 (uyushgan guruh tomonidan o‘qotar qurollar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalardan foydalangan holda terrorizm), 214-1 (terrorizmni moliyalashtirish), 214-3.2 (terrorizm maqsadida mashg‘ulotlarni tashkil etish yoki o‘tkazish), 228.3 (uyushgan guruh tomonidan o‘qotar qurol, ularning butlovchi qismlari, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni noqonuniy egallash, saqlash, sotish yoki olib yurish) va 279.3 (qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qurolli tuzilmalar va guruhlarni tuzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy javobgarlikka tortildi”, deyiladi xabarda.

Ozarbayjonning APA agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Bakuning Sabail tuman sudi qarori bilan Gukasyan, Saakyan va Ishxanyan to‘rt oyga hibsga olingan. 

Ma'lumot uchun, Gukasyan 1997-2007-yillarda, Saakyan 2007-2020-yillarda Qorabogʻdagi ishgʻolchi rejimning “prezidenti”  lavozimlarida ishlagan.

“Dashnaktsutyun” partiyasining “Qorabog‘ vakili” David Ishxanyan esa, bu yil Armaniston ma’muriyatining “parlament spikeri” etib saylangandi. 

Ozarbayjon hukumati Qorabog‘dagi Armaniston deb atalgan ma’muriyatning sobiq “prezidentlari”dan biri Arayik Arutyunyan ham qo‘lga olinganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Tog'li Qorabog'

Aloqador xabarlar