Xo‘jizoda Kolonnaning Ozarbayjonga qarshi bergan bayonotlariga munosabat bildirdi

X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida ma’lumot bo‘lishgan Xo‘jizoda, Kolonnaning, Armanistonda Qorabog‘ haqida “soxta blokada” va “majburiy ko‘chirish” degan so‘zlariga e’tibor qaratib, uning tinchlikkka xizmat qilmasligini qayd etdi.

2046252
Xo‘jizoda Kolonnaning Ozarbayjonga qarshi bergan bayonotlariga munosabat bildirdi

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Ayhan Xo‘jizoda, Fransiya Tashqi Ishlar vaziri Ketrin Kolonnaning Armaniston bilan bo‘lgan uchrashuvi chog‘ida Ozarbayjonga qarshi bergan bayonotlariga munosabat bildirdi.

X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida ma’lumot bo‘lishgan Xo‘jizoda, Kolonnaning, Armanistonda Qorabog‘ haqida “soxta blokada” va “majburiy ko‘chirish” degan so‘zlariga e’tibor qaratib, uning tinchlikkka xizmat qilmasligini qayd etdi.  

Xo‘jizade Kolonnani nazarda tutgan holda: “Fransiya har doim Armaniston tomonida degan bayonoti, to‘g‘ri va betaraf ekanini iddio etgan Frasnsiya niqobini tushirdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kolonna, Armaniston poytaxti Yerevandagi uchrashuvlarida Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan Ozarbayjonni ayblagandi.

Boshqa tomondan Kolonnaning qayd etishicha Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Ararat Mirzoyan, Yerevanda uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida, mudofaa uchun Fransiya tomonidan Armanistonga harbiy texnika jo‘natish haqidagi shartnomalarni imzolashga rozi bo‘lgan.

Fransiyaning Armanistonni qo‘llab - quvvatlashni davom etishini ta’kidlagan Fransiya vaziri, yurtining, Armanistonning hududiy yaxlitligi borasida ehtiyotkor muomalada bo‘lishini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar