Qorabog‘dagi tan olinmagan yetakchilik o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda

Qorabog‘dagi tan olinmagan yetakchilik, 2024 – yilning 1 – yanvariga qadar faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarornomani imzoladi.

2044522
Qorabog‘dagi tan olinmagan yetakchilik o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda

Ozarbayjonning 24 soatlik amaliyoti ortidan Qorabog‘dagi tan olinmagan yetakchilik o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda.

Ushbu yetakchilik rahbari Samvel Shahramanyan, Qorabog‘dagi faoliyatlarining 2024 – yilning 1 – yanvariga qadar to‘xtatilishi to‘g‘risidagi qarornomani imzoladi.

Boshqa jihatdan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev; Qorabog‘da yashovchi armanlarning huquqlari mamlakat qonunlari va xalqaro majburiyatlar doirasida kafolat ostida tutilishini ma’lum qildi.

Aliyev, shuningdek, amaliyot chog‘ida tinch aholi ziyon ko‘rmaganini ta’kidladi.

Ozarbayjon yetakchiligi, Qorabog‘dagi armanlarga yordam berishni davom etmoqda.

Shu doirada mintaqaga 32 tonna yoqilg‘i yuborildi.

 



Aloqador xabarlar