Qorabog‘dagi anti – terror amaliyotida 192 kishi shahid bo‘ldi

Qorabog‘da 19 - sentabr kuni uyushtirilgan anti – terror amaliyotida 192 kishi shahid bo‘ldi.

2043501
Qorabog‘dagi anti – terror amaliyotida 192 kishi shahid bo‘ldi

Ozarbayjon armiyasi tomonidan Qorabog‘da uyushtirilgan anti – terror amaliyotida 192 kishi shahid bo‘lgani ma’lum qilindi.

Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra mazkur amaliyotda Mudofaa vazirligidan 180, Ichki ishlar vazirligidan esa 12 nafar xodimning shahid bo‘lgani, 511 askarning tan jarohati olgani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, amaliyot chog‘ida Armaniston armiyasi tomonidan uzilgan o‘q oqibatida tinch aholidan 1 kishining halok bo‘lgani,1 kishining esa tan jarohati olgani bildirildi.

Ozarbayjon armiyasi 19 - sentabr kuni Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatish maqsadida anti – terror amaliyoti boshlatgandi.

Hududdagi noqonuniy arman qurolli kuchlari, taxminan 24 soat davom etgan amaliyot ortidan qurol tashladi.



Aloqador xabarlar