Shushada «Global Media Forumi» o‘tkazilmoqda

Shushada o‘tkazilgan “4-sanoat inqilobi davrida yangi media” deb nomlangan Global Media Forumi ishtirokchilariga “Ozarbayjon madaniyati” tanishtirildi.

2014866
Shushada «Global Media Forumi» o‘tkazilmoqda

Qorabog‘ning ramziy shahri hisoblangan Shushada o‘tkazilgan “4-sanoat inqilobi davrida yangi media” deb nomlangan Global Media Forumi ishtirokchilariga “Ozarbayjon madaniyati” tanishtirildi.

Ozarbayjon Prezidenti maslahatchisi Hikmet Hajiyev bilan shaharni kezgan ishtirokchilarga 2023-yil Turk dunyosining madaniy poytaxti boʻlgan Shusha shahrining oʻziga xos meʼmoriy uslubi, Ozarbayjon xalqining milliy va madaniy merosi haqida maʼlumot berildi.

Ishtirokchilarga ishg‘ol paytida armanlar tomonidan tarixiy va madaniy boyliklarga yetkazilgan ziyon haqida ham so‘zlab berilar ekan, ular ayni vaqtda Shushada olib borilgan qayta tiklash va qayta qurish ishlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Pastgi va yuqori Gavharog‘a jome’ masjidlarini ziyorat qilgan ishtirokchilarga, Shusha ozod qilinganidan so‘ng jome’ masjidlarida ishg‘ol davrida yetkazilgan ziyon izlarini o‘chirish bo‘yicha olib borilgan ishlar ham ko‘rsatib berildi.

XIX asrda qurilgan Kazanji cherkovida olib borilgan restavratsiya ishlarini ham koʻzdan kechirgan ishtirokchilarga, Ozarbayjon hukumati nafaqat masjidlar, balki boshqa dinlarga mansub inshootlarni ham asl koʻrinishiga koʻra qayta tiklagani aytildi.

Sayohat ortidan ishtirokchilar uchun berilgan ziyofatda, ozarbayjonlik san’atkorlar musiqa va raqs namoyishlarini taqdim etdilar.

Dunyoning 50 davlatidan 250 dan ortiq media a’zosi ishtirok etayotgan forum bugun o‘z nihoyariga yetadi.



Aloqador xabarlar