Mirziyoyev Erdo'g'anni Turkiyada saylovlar muvaffaqiyatli o'tgani bilan tabrikladi

Kecha, 15 may kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘an bilan O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning telefon orqali muloqoti bo’lib o’tdi.

1986856

O‘zbekiston Prezidenti  matbuot xizmati  maʼlumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisini mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi. Ularning yakunlariga ko‘ra, saylovchilarning ko‘pchiligi amaldagi Prezident va Respublika alyansiga ovoz bergan.

Ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi Prezident Rajap Tayyip Erdog‘an rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat ekani alohida taʼkidlandi.

Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash bo‘yicha faol ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Aloqador xabarlar