Japarov yana bir bor turk xalqi va Prezident Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi

Sadir Japarov 7 – fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi.

1943513
Japarov yana bir bor turk xalqi va Prezident Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 7 – fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Sadir Japarov yana bir bor Qirg‘iziston xalqi va shaxsi nomidan yer silkinishi oqibatida vafot etganlar uchun turk xalqi va Prezident Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi.

Japarov unda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr, tan jarohati olganlarga esa shifo tiladi.

Prezident Sadir Japarov shunday murakkab bir davrda Qirg‘iziston, qardosh Turkiyaning yonida ekani va qo‘shimcha gumanitar yordam sifatida har jihatdan qo‘llab – quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Sadir Japarov topshirig‘iga binoan mamlakatning Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari, tibbiyot xodimlari, psixologlar va kinologlardan iborat maxsus guruhi Turkiyaga jo‘natilgan edi.

Sadir Japarov turk xalqining qahramonlik fazilatlarini qayd etib, Turkiya, mazkur og‘ir damlarni yengib o‘tishga qodir ekaniga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Prezident Sadir Japarov va Qirg‘iziston xalqiga og‘ir damda qo‘llab-quvvatlagan so‘zlari uchun minnatdorchilik bildirdi.



Aloqador xabarlar