Oʻzbekiston Ozarbayjonga hamdardlik izhor etdi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

1939164
Oʻzbekiston Ozarbayjonga hamdardlik izhor etdi

2023-yil 27-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi. Bu haqida, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot boʻlishdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra B.Saidov, Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi Elchixonasiga qarshi uyushtirilgan qurolli hujum munosabati bilan Ozarbayjon tomoniga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Tashqi ishlar vaziri Saidov oʻz soʻzida shuningdek, xodisa sinchkovlik bilan oʻrganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirdi.



Aloqador xabarlar