Istanbulda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Bosh konsul A.Agzamxodjayev so‘nggi yillar davomida  O‘zbekiston hukumati tomonidan horijdagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor,  konsullik muassasasi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqidagi maʼlumotlarni o‘rtoqlashdi.

1915402
Istanbulda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

 

O’zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Shuxrat Qudratxo‘jayev, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori E.Tulyakov, O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati rahbari Ch.Kochar, “Yelkadosh” jamiyati yetakchisi M.Nurmatov, Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi rahbari E.Jumayev, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Turkiyadagi vakili A.Muhamedov, Istanbuldagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o’zbek vatandoshlar ishtirok etdilar.

Bosh konsul A.Agzamxodjayev so‘nggi yillar davomida  O‘zbekiston hukumati tomonidan horijdagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor,  konsullik muassasasi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqidagi maʼlumotlarni o‘rtoqlashdi.

Sh.Qudratxo‘jayev va E.Tulyakov o‘z chiqishlarida respublikada xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid islohotlar, Yangi Konstitutsiya loyihasidagi asosiy maqsad inson qadrini oshirish, xalqning hohish-irodasi ustuvorligi, yoshlarga eʼtibor, shifokor va muallimlarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgani haqidagi fikr-mulohazalarini tadbir qatnashchilarining eʼtiboriga havola qildi.  

Tadbir chog‘ida davlat bilan xalq o‘rtasida yaqin va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatilganligi, qiyin ahvolga tushgan fuqarolarning so‘rovnomalari javobsiz qolmasligi jiddiy monitoring va nazorat qilinayotganligi alohida qayd etildi.

Tadbir savol-javoblarga ham boy bo‘ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar