Hajiyev Armanistonning Turkiya va Ozarbayjon haqidagi iddiolariga to’xtaldi

Ozarbayjon TIV nomidan Xikmat Hajiyev, Armanistonning, Turkiya bilan Armaniston o’rtasida Zurichda qo’l qo’yilgan protokollarining tasdiqlanish jarayonidagi kechikishning Turkiya yuzasidan ekanligi haqidagi bayonotlari borasidagi savollariga javob berdi.

871452
Hajiyev Armanistonning Turkiya va Ozarbayjon haqidagi iddiolariga to’xtaldi

Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Matbuot xizmati voizi Xikmat Hajiyev doimiy tinchlik va xavfsizlikning ta’minlanishi uchun Armanistonning o’z armiyasini, bosib olingan Ozarbayjon tuproqlaridan olib chiqib ketishi va Turkiyaga qarshi o’rinsiz iddiolarini to’xtatishi kerakligini qayd etdi.

Hajiyev, Armaniston Tashqi ishlar vazirligining, Turkiya bilan Armaniston o’rtasida 2009-yilning 10-oktabri kuni Shveytsariyaning Zurich shahrida qo’l qo’yilgan protokollarining tasdiqlanish jarayonidagi kechikishning Turkiya yuzasidan ekanligi haqidagi bayonotlari borasidagi savollariga javob berdi. 

Hajiyev, mintaqada doimiy tinchlik va xavfsizlikning ta’minlanishi uchun “Armanistonning o’z armiyasini, bosib olingan Ozarbayjon tuproqlaridan olib chiqib ketishi va Turkiyaga qarshi o’rinsiz iddiolarini to’xtatishi kerak. Armanistonning qo’shnilari bilan qo’shnichilik munosabatini qurishi darkor. Yerevan boshqaruvi bu haqiqatni qanchalik tez tushunib yetsa arman xalqi ham qo’shnilari bilan bo’lgan munosabatlarining yaxshilanishidan va mamlakatning mintaqaviy hamkorliklariga qo’shilishidan ana shunchalik tez foyda ko’rish imkonini qo’lga kiritadi” dedi.  

Joriy yilning 16-dekabri kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan Turkiya va Ozarbayjon haqidagi o’rinsiz iddiolarni eslatgan Hajiyev bu bayonotning Yerevan boshqaruvining “qo’shni davlat xalqlari bilan qo’shnichilik qilolmasligi va ularning reaktsion fikr sohibi ekanligining dalili ekanligini” belgilab o’tdi. 

Armanistonning mustaqilligini qo’lga kiritishi ortidan qo’shni davlatlar bilan yaxshi munosabatda bo’lish o’rniga “Buyuk Armaniston” tashkil etish orzusi bilan qo’shni davlatlariga qarshi tuproq iddiolarini ilgari surganligi va urush boshlatib Ozarbayjon tuproqlarining 20 foizini bosib olganligini eslatgan Hajiyev, “Armaniston konstitutsiyasida Turkiyaga qarshi ochiq-oydin hudud iddiolari o’rin olmoqda. Shunga o’xshash iddiolar qo’shni Eron va Gruziyaga qarshi ham bor” deya gapirdi.

Hajiyev, Armanistonning hujumkor siyosati yuzasidan mintaqada yakkalangan vaziyatda ekanligini ta’kidlar ekan, “Armaniston ijtimoiy-iqtisodiy va demografik inqiroz ichida. Vaziyat shunday ekan Yerevan boshqaruvi Ozarbayjon va Turkiyani dushman sifatida ko’rsatib, arman xalqini aldash va hukmronligini davom ettirishga harakat qilmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.    

Aytib o’tish joizki joriy yilning 16-dekabri kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Turkiya 2009-yilning 10-oktabri kuni Shveytsariyaning Zurich shahrida qo’l qo’yilgan protokollarining tasdiqlanish jarayonidagi kechikishning javobgari sifatida ko’rsatilib, armanlarning 1915-yilgi voqealar haqidagi iddiolarini takror kun tartibiga olib chiqqan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar