O‘zbekiston Prezidenti lavozimini qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

630264
O‘zbekiston Prezidenti lavozimini qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi

 

Bugun, 14-dekabr kuni Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini rasman qabul qilib olish marosimi bilan ochildi.

Prezidentlik matbuot xizmati xabar berishicha, tantanali marosimda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov ochdi.

U 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61% ovozi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal- demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini ta’kidladi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti etib saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

Konstitutsiyaning 92-moddasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi: “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”,-deydi Shavkat Mirziyoyev.

 



Aloqador xabarlar