O'zbekistonlik tennischi Turkiya musobaqasida ishonchni oqlamoqda

Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha davom etayotgan ATR tasnifidagi M15 xalqaro turnirining saralash bosqichida o'zbekistonlik sportchi Maksim Shin asosiy bahslarning ilk o‘yinida rossiyalik Yevgeniy Fillipovni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

1913564
O'zbekistonlik tennischi Turkiya musobaqasida ishonchni oqlamoqda

 

Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha davom etayotgan ATR tasnifidagi M15 xalqaro turnirining saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o'zbekistonlik sportchi Maksim Shin asosiy bahslarning ilk o‘yinida rossiyalik Yevgeniy Fillipovni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Aytish lozim, iqtidorli tennischi saralash uchrashuvlarining 1-davrasida rossiyalik Mixail Ramskiyni 6:1, 6:0 hisobida, 2-davrada turkiyalik Beren Tanani 6:2 6;3 hamda 3-davrada yana bir turkiyalik tennischi Gorgberk Saritasni 6:3, 6:2 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi.

Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSH dollari bo‘lgan mazkur xalqaro turnirning saralash bahslarida 64 nafar ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, asosiy o‘yinlarda 32 nafar raketka ustalari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Endi tennischi Maksim Shin xalqaro turnirning keyingi bosqichida marokashlik Adam Moundiraga qarshi kortga chiqadi.


Tanlangan kalimalar: #Maksim Shin , #Turkiya

Aloqador xabarlar