Matbuot sharhlari 16.05.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2140287
Matbuot sharhlari 16.05.2024

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Hamas G'azoda Anadoluning oldinga chizig'ini himoya qilmoqda

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Adolat va taraqqiyot partiyasining (AK Partiya) parlamentdagi guruh yig’ilishida Hamas haqida bayonot berdi. "Isroil G'azodagi urushni bas qiladi, deb o'ylamang. Bu zo’ravon davlat to'xtatilmasa, ular ertami kech 'Va'da qilingan yurt' tushunchasi bilan Anadoluga ko'z tikadi. Hamas ayni vaqtda Anadoluning oldinga mudofaasidir. Buni taxmin qila olmaydigan darajadamisiz?”,- deydi Erdo’g’an.

 

Sabah gazetasi: “Hakan Fidan Blinken bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi. Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, Hakan Fidan suhbat chog’ida Turkiya Isroilning Rafahga hujumini qabul qilmasligini aytdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir Shimshek: Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni jonlantirmoqdamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya g'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, "Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarimizni jonlantirmoqdamiz. Shu maqsad bilan kecha Bryusselda muhim uchrashuvlar o'tkazdik" dedi.

 

Star gazetasi: “Fitchdan Turkiya haqida hayratlanarli xabar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Kredit reyting agentligi Fitch, Turk qarz kapitali bozorlari investor ishonchining ortishi bilan jonlanganini e'lon qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Rize-Artvin aeroporti 2 yilda 2 millionga yaqin yo'lovchiga erishdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo'g'li Rize-Artvin aeroporti 2022 yil 14 mayda ochilganidan beri, 1 million 927 ming 680 yo'lovchiga xizmat berganini ma'lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar