Matbuot sharhlari 10.05.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2137797
Matbuot sharhlari 10.05.2024

                           

Star gazetasi: “Erdo’g’andan Yevropa Ittifoqiga taklif” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yevropa kuni munosabati bilan murojaat yo’lladi. Yevropa Ittifoqi siyosatlariga e’tibor qaratdi Prezident Erdo’g’an, “Mamlakatimizga nisbatan olib borilayotgan istisno siyosatlar oldida Turkiya mavjud strategik imkoniyatlaridan foydalanish va rivojlantirishdan tiyilmaydi”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g'an: Braziliyaning Falastinga nisbatan tutgan pozitsiyasi tahsinga loyiq” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Braziliya Prezidenti Lula bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo'g'an, Isroilning Falastin hududidagi vahshiyligiga Braziliyaning munosabati tahsinga loyiq ekanini aytdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Isroil bilan savdoni cheklash qarori ortida Turkiya turibdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat, Isroil Tashqi ishlar vaziri Yisrael Katzning "Turkiya eksport cheklovini olib tashladi" degan iddaolariga javob berdi. Bolat, 'Isroil Tashqi ishlar vazirining bayonotlari mutlaqo xayoliy va haqiqatga hech qanday aloqasi yo'q. Biz hukumat sifatida Isroil bilan savdo borasida qabul qilgan qarorimizda qat’iymiz”, dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyaning boykot qarori Isroil kun tartibida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Isroil matbuotida Turkiyaning Isroil bilan savdo-sotiqni to'xtatish to’g’risidagi qarori to'satdan olinganini va buning mamlakatda qimmatchilikka va yashash narxini oshishiga olib kelishi bildirildi. "Bu bizni ta'minot zanjirimizdagi eng zaif nuqtaga olib keldi", - dedi raqamli ta'minot zanjiri bosh direktori Elad Barshan.

 

Sabah gazetasi: “Turk Havo Yo'llari yo'lovchilari soni 25 milliondan oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida 23,6 million bo'lgan THYning umumiy yo'lovchi soni joriy yilning shu davrida 8 foizga oshib, 25,5 millionga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar