Matbuot sharhlari 08.05.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2136876
Matbuot sharhlari 08.05.2024

 

Star gazetasi: “Turkiya prezidenti Erdo’g’anning bayonoti Gretsiya matbuoti nigohida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan so’ng, Gretsiya bilan aloqalarga oid bayonotlari Gretsiya matbuotida keng yoritildi. Gretsiya matbuoti xabarga e'tibor qaratgan holda, Prezident Erdo'g'anning so'nggi bayonoti Gretsiyaga do'stlik ifodasidan ham ulug’roq ma'noga ega ekanligini yozdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Gara hududida uyushtirilgan havo operatsiyasi bilan 2 nafar terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi bayonotida, Iroq shimolidagi Gara hududida aniqlangan 2 nafar PKK terroristi havo operatsiyasi bilan yo’q qilingani qayd etildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Ikkinchi turk kosmonavti parvozga tayyorlanmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir turk astronavti Tuva Jahongir Ataseverning kosmosga parvozi haqida bayonot berdi. “Kosmonavtimizning suborbital tadqiqot bo’yicha parvozi 2024-yil 8-iyun kuni AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Kosmik port markazidan amalga oshiriladi” ,- dedi Mehmet Fatih Kajir.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyada kruiz turizmi ortib bormoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Kruiz turizmida joriy yilning yanvar, fevral va mart oylarida jami 50 ta kemada Turkiyaga 61 ming 113 sayyoh keldi. Joriy yilning dastlabki 3 oyida eng ko'p kruiz kemalari va sayyohlar kelgan port Kushadasi porti bo’ldi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyaning 54 viloyatida eksport ortdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Savdo vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning yanvar-aprel oylarida 17 viloyat 1 milliard dollardan ortiq eksport amalga oshirgan. Ma’lumotga ko’ra, eksport hajmi jami 54 ta viloyatda ortdi. Istanbul aprel oyida 4 milliard 75 million dollar bilan eng ko'p eksport qilgan viloyat bo'ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar