Matbuot sharhlari 07.05.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2136450
Matbuot sharhlari 07.05.2024

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an terrorga qarshi kurashdagi qarorlilikka e’tibor qaratdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiya tomonidan Iroq va Suriyada amalga oshirilgan amaliyotlar natijasida harakati cheklangan terror tashkiloti yo‘li kelasi jarayonda to‘silishini qayd etdi. Erdo‘g‘an: “Avlodlarimiz terrorsiz iqlimda umr surishi uchun kerakli har qanday chorani ko‘rishdan tortinmaymiz”, - dedi.

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an: “Xamasning otashkesim taklifimizni qabul qilishidan xursandmiz”. – dedi. Prezident Erdo‘g‘an, Xamasning otashkesim qaroridan xursand ekanini ifoda etdi. Isroil ham xuddi shunday qadam tashlashi kerakligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, “G‘arb davlatlarining hammasini tinchlik uchun Isroil yetakchiligini ko‘ndirishga chaqiraman”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Turk armiyasi namuna bo‘ldi. Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, turk armiyasining boshqa davlatlar uchun namuna bo‘lganini ta’kidladi. Guler, “Biz qo‘llab - quvvatlagan qardosh davlatlar, Turkiyaga o‘xshash qurolli kuch tuzilmasini yaratishimizni istamoqda”, - dedi.

Vatan gazetasi: Aprel oyida Turkiyaning avtomobil eksporti ortdi. Aprel oyida turk avtomobil sanoati eksporti o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 2,1 foizga ortib, 2 milliard 746 million dollarga yetdi. Turkiya eksportida yana birinchi o‘rinni egallagan avtomobil sanoati, mamlakat eksportida 16,8 foizlik ulushga ega bo‘ldi.

Yeni Şafak gazetasi: Turk olimlari ajoyib kashfiyot haqida ma’lumot bo‘lishdi. Turk olimi Murat Go‘kche bilan uning rafiqasi va kimyo muhandisi So‘nnur Go‘kche tomonidan ishlab chiqilgan betondan yasalgan modulli ballistik lego, askarlar tomonidan zenit o‘qlari orqali sinab ko‘rildi. Roppa – rosa 14,5 millimetrlik zirhni teshib o‘tuvchi o‘qning, lego betonni teshib o‘tolmagani haqidagi tasvirlar qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar