Matbuot sharhlari 28.02.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2108587
Matbuot sharhlari 28.02.2024

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an o‘tgan 21 yillik yutuqlarni “Turkiya asri” infratuzilmasi sifatida qabul qilganliklariga e’tibor qaratdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, o‘tgan 21 - yil ichida erishilgan demokratiya va taraqqiyot yutuqlarini Turkiya asrining infratuzilmasi sifatida qabul qilganliklarini bildirdi. Turkiya iqtisodiyotini o‘tgan 21 yil ichida 3 barobardan ortiq o‘stirganliklari va sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda savdoni global raqobatga tayyorlaganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an, xuddi shunday muvaffaqiyatni kelgusi davrda ham davom ettirishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya investorlar uchun foydali va ishonchli manzildir. Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir Turkiyaning raqobatchi ish muhiti, jozibador rag‘batlantirish paketlari, barqaror moliyaviy infratuzilmasi va makroiqtisodiy muvozanati bilan investorlar uchun foydali va ishonchli manzil ekanini ifoda etdi. Fatih Kajir, “Turkiyaning porloq kelajagiga ishongan har bir tadbirkor, sarmoyalarining mevasini olishni davom etadi”, - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: SIPER Turkiyani 2024 – yili har jihatdan himoya qiladi. Harbiy elektronika sanoati ASELSAN Bosh direktori Ahmet Akyo‘l, bu yil mahalliy havo mudofaa tizimi SIPERni inventarizatsiyaga kiritajaklarini bildirdi. Akyo‘l, “Davlatimiz rahbarligida har jihatdan mudofaa qilish xususiyatini 2024 - yili tamomlaymiz”, - dedi.

Star gazetasi: Daud Aweis Jama: “Turkiya bilan tuzilgan kelishuv tarixiy tusga egadir”. Somali Axborot, madaniyat va turizm vaziri Daud Aweis Jama, Somali bilan Turkiya o‘rtasida Mudofaa va iqtisodiy hamkorlik doirasi kelishuvining imzolanishini uzoq vaqtdan beri kutganliklarini bildirdi. Daud Aweis Jama, ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvni “tarixiy kelishuv” deb baholadi.

Sabah gazetasi: Turk oshxonasining eng mashhur 25 ta taomi tanlab olindi. Turk oshxonasi boy lazzatlari va xilam - xilligi jihatidan tarix davomida shakllangan madaniy merosi bilan butun dunyoda katta e’tiborni o‘ziga jalb etmoqda. TasteAtlas onlayn sayohat qo‘llanmasi tomonidan taqdim etilgan turk oshxonasining eng yaxshi taomlarini aniqlash uchun olib borilgan tadqiqot ajoyib natijalar berdi. Ro‘yxatga turk oshxonasining eng original, eng lazzatli va eng mashhur 25 ta taomi kiritildi.

 

 



Aloqador xabarlar