Matbuot sharhlari 09.01.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2086050
Matbuot sharhlari 09.01.2024

Star gazetasi: Qizil dengizdagi global inqirozning yagona chorasi Turkiyadir. Qariyb 3 - 4 haftadan beri Qizil dengizda tranzit muammosi bor. Shundan kelib chiqqan logistika va ta’minotdagi yo‘qotishlar tufayli Yevropa importni Turkiya orqali amalga oshira boshladi. Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat, “Logistik kuchimiz yordamida Turkiyadan sifatli turk mollarini ikki kun ichida Yevropa bozorlariga osonlik bilan yetkazib bera olamiz”. -  dedi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya iqtisodiyoti 2023 – yilning ilk 9 oyida 4.7 foizga o‘sdi. Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat 2023 - yili jahon savdosi qariyb 5 foizga qisqargan bo‘lishiga qaramay Turkiya eksporti ortgani va yilni 255,8 milliard dollar bilan yakunlaganini ma’lum qildi. Bo‘lat, “2023 - yili iqtisodiyotimiz ilk 9 oyda 4,7 foizga o‘sdi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Turk havo yo‘llari rekord o‘rnatdi. Turk havo yo‘llari (THY) 2023 - yili 83,4 million yo‘lovchi tashish orqali rekord o‘rnatdi. THY o‘tgan yili tashigan yo‘lovchilari sonini 2022 - yilga nisbatan 16,1 foizga orttirdi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya energiya investitsiyalarini orttirmoqda. Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, 2030 - yilgacha 20 milliard dollarlik energiya tejalishini ma’lum qildi. Alparslan Bayraktar mavzu haqida: “Bu orqali 2040 - yilga qadar 46 milliard dollarlik energiya tejaymiz”, - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Daromadi 50 trillion dollarga yetgan sarmoya fondlari bilan uchrashuv. Turkiya Respublikasi Markaziy banki (TRMB) birinchi «Investorlar kuni» tadbirini 11 - yanvar haftaning payshanba kuni Nyu -Yorkda o‘tkazadi. Unda, TRMB raisi Hafize Gaye Erkan, daromadi 50 trillion dollarga yetgan dunyodagi eng yirik sarmoya fondlarining 200 dan ortiq yuqori martabali vakillari bilan uchrashadi.

 



Aloqador xabarlar