Matbuot sharhlari 04.01.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1927893
Matbuot sharhlari 04.01.2023

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdo‘g‘andan bayonotlar. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Türkiyeda iste’mol inflyatsiyasi 2022-yili sezilarli darajada pas qayd etilganini bildirdi. Erdo‘g‘an kecha oqshom poytaxt Anqarada “Kelasi oylarda inflyatsiyadagi pasayish davom etishiga birgalikda guvoh bo‘lamiz”. – dedi.

Hürriyet gazetasi: Chavusho‘g‘ludan Suriya haqida bayonot. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Rossiya-Suriya-Türkiye o‘rtasidagi uch tomonlama uchrashuv haqida, “Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yanvar oyining ikkinchi yarmida bo‘ladi”. - dedi.

Sabah gazetasi: Kizilelmaning supersonik varyanti ham ishlab chiqarilishi mumkin. Baykar Texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar kecha bergan bayonotida, ilk parvozini amalga oshirgan Kizilelma haqida xushxabar berib, “Kizilelma, qiruvchi samolyotlarga qarshi ham kurasha oladi. Hatto supersonik varyantini ham ishlab chiqarish niyatimiz bor”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Türkiye Bolgariyaga tabiiy gaz sotmoqda. Türkiye bilan Bolgariya o‘rtasida yiliga qariyb 1,5 milliard kub metrgacha tabiiy gaz yetkazib berish ustidan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Star gazetasi: Türkiye 2022-yili 145 million dollarlik gul eksport qildi. Manzarali o‘simliklar va mahsulotlar tarmog‘i o‘tgan yili dunyoning 85 davlatiga qariyb 145 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘ydi.

 



Aloqador xabarlar