Matbuot sharhlari 01.08.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1862037
Matbuot sharhlari 01.08.2022

Hürriyet gazetasi: Mevlut Chavushoʻgʻlu: Taranglikni kamaytirish uchun zimmamizga tushgan vazifani bajarishga tyyormiz. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu ijtimoiy tarmoq orqali Serbiya-Kosova chegarasidagi taranglik ustidan bayonot berdi. Chavushoʻgʻlu unda: “Serbiya-Kosovo chegarasidagi voqea tufayli serbiyalik va kosovolik hamkasblarim bilan uchrashdim. Turkiya, Bolqon yarimorolining tinchligi va barqarorligiga doimo ahamiyat berib kelmoqda. Yangi tarangliklar hech kimga foyda bermaydi. Shunday ekan, taranglikni kamaytirish uchun qo‘limizdan kelganini qilishga tayyormiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Star gazetasi: Turkiya dengiz tarmogʻida ham oʻzi haqida gapirtiradi. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank, insonsiz dengiz transportlari trendining endigina boshlanganini ta’kidlab, “Turkiya sifatida insonsiz havo transportlarida biz qayd etgan muvaffaqiyatga erisha olsak unda, dunyoda qidirilgan davlatlardan biri boʻlamiz”.-dedi.

Sabah gazetasi: Eronga yordam uchun uchoq yuborildi. Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan kecha berilgan bayonotda, Turkiyaning sel falokati yuz bergan Eronga uchoq orqali yordam yuborgani ma’lum qilindi.

Vatan gazetasi: TOGG yoʻllarga chiqmoqda. Turkiyaning TOGG kompaniyasi yetkachisi Mehmet Gurjan Karakash, TOGGning 2023-yilning ilk choragida Turkiyadan, huddi shu kundan 18 oy oʻtib Yevropa yoʻllarida boʻlishini bildirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Toʻprak Razgatlioʻgʻlu Chexiyada birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Milliy mototsiklchi Razgatlioʻgʻlu Chexiyadagi Superbike boʻyicha jahon chempionatida katakli bayroqni birinchilardan boʻlib oʻtdi. Razgatlioʻgʻlu bu orqali, yuqorida nomi tilga olingan musobaqaning ikkinchisida gʻalaba qozondi.   

 



Aloqador xabarlar