Matbuot sharhlari 9.11.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1731363
Matbuot sharhlari 9.11.2021

Yeni Şafak gazetasi: Erdoʻgʻan: Turkiya pandemiyaga qarshi kurashini muvaffaqiyatli ravishda davom ettirmoqda. Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan kecha boʻlib oʻtgan vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan bergan bayonotida, Turkiyaning yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi kurashini dunyodagi vaziyatni yaqindan kuzatgan holda muvaffaqiyatli ravishda davom ettirganini qayd etdi. Erdoʻgʻan, “Kasallik holatlari, kasalxonaga yotish, qayta jonlantirish va oʻlim holatlari soni nazorat qilinadigan darajada”.-dedi.

Sabah gazetasi: Tarixiy gʻalabaning birinchi yilligida Qorabogʻ masalasida Armaniston ogohlantirildi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Harbiy kuch tuzilmalari rahbariyati bilan birga Qorabogʻ gʻalabasining birinchi yilligi munosabati bilan kecha Ozarbayjonga tashrif uyushtirdi. Unda soʻzlagan nutqida Ozarbayjonning har doim yonida boʻlishini bildirgan Mudofaa vaziri Akar Armanistonni, dushmanlardek munosabatdan uzoq turishi kerakligi borasida ogohlantirdi.

Star gazetasi: “Erdoʻgʻan kuchli lider va bundan foydalanishimiz lozim”. Bosniya va Gertsegovina Xalqlar majlisi rahbarlik devoni a’zosi Bakir Izetbegovich, Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻanning kuchli va yaxshi aloqa oʻrnatgan lider ekanini, Bosniya va Gertsegovinaning bundan foydalanishi zarurligini qayd etdi.  

Hürriyet gazetasi: Dunyoning 115 davlatiga 14.4 million dollarlik choy eksport qilindi. Turkiya 2021-yilning yanvar oyidan oktabr oyigacha dunyoning 115 davlatiga yoʻlga qoʻgan choy eksportidan 14 million 435 ming 902 dollar daromad qoʻlga kiritdi.

Haber Türk gazetasi: Antaliya turizm tarmogʻida chet ellik raqiblarini ortda qoldirdi. Dunyoning har mintaqasidan sayyohlarni oʻziga jalb etgan Antaliya bu yil Oʻrta yer dengizidagi turizm mintaqalari orasidan sayyohlarni eng koʻp oʻziga jalb etgan markaz boʻldi. Oʻrta yer dengizi Turistik mehmonxonalar va operatorlar uyushmasi rahbari Erkan Yagʻji: “Antaliya sentabr oyi oxirigacha eng yaqin raqibi hisoblangan Ispaniyaning Mayorka orollariga qaraganda ikki barobarga koʻp sayyohni mehmon qildi. Ular 3.5 million sayyohga quchoq ochar ekan biz 8.5 million mehmon kuzatdik”.-dedi.  

 



Aloqador xabarlar