Turk xalqi Otaturk qabri joylashgan Anitkabirni ziyorat qildi

Kecha, 19-may kuni ertalab, Yoshlar va sport vaziri Usmon Ashkin Bak ishtirokida bo’lib o’tgan tantanali tadbirdan so’ng, Otaturk qabri joylashgan Anitkabir mavzoleyi soat 10.00 dan 21.00 gacha xalqqa ochildi.

2141749
Turk xalqi Otaturk qabri joylashgan Anitkabirni ziyorat qildi

 

Kecha Turkiyada 19-may Otaturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami keng nishonlandi.

Ushbu unutilmas kunda Turkiya Respublikasiga asos solgan ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturkning (1881-1938) mangu oromgohi bo’lmish Anitkabir mavzoleyi 221 ming 717 kishi tomonidan ziyorat qilindi.

Kecha ertalab Yoshlar va sport vaziri Usmon Ashkin Bak ishtirokida bo’lib o’tgan tantanali tadbirdan so’ng, Otaturk qabri joylashgan Anitkabir mavzoleyi soat 10.00 dan 21.00 gacha xalqqa ochildi.

Turk xalqi Otaturk plakatlari, Turk bayroqlari va qo'llarida gullar bilan Otaturkni ziyorat qildilar. Uning ruhiga xurmat bajo keltirdilar.

Vatandoshlar Otaturk qabriga gul qo'yib, duolar o'qidi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Otaturk , #Anitkabir

Aloqador xabarlar