Anqarada "Rus musiqa muzeyi" ochildi

"Men musiqani yaxshi ko'raman va turklar ham musiqani sevishini bilaman. Musiqa orqali rus va turk xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirmoqchiman",- dedi Muzey direktori Palajchenko.

2140674
Anqarada "Rus musiqa muzeyi" ochildi

 

Turkiya poytaxti Anqaradagi Turk-Rossiya do'stlik uyida "Rus musiqa muzeyi" ochildi.

Kecha ushbu muzeyning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Muzey kuratori Aliona Palajchenko tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Belarusning Anqaradagi elchisi Viktor Rybak, Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi maslahatchisi Sergey Koritskiy, Rossiya madaniyat markazi rahbari Aleksandr Sotnichenko, Turkiya rasmiylari va boshqa ko'plab san'at ixlosmandlari ishtirok etdi.

"Men musiqani yaxshi ko'raman va turklar ham musiqani sevishini bilaman. Musiqa orqali rus va turk xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirmoqchiman",- dedi Muzey direktori Palajchenko.

Muzeyda rus musiqasiga oid koʻplab asarlar va buyumlar sanʼat ixlosmandlari eʼtiboriga havola etiladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rus musiqa muzeyi

Aloqador xabarlar