Turkiyada qariyb 10500 ta osori atiqa topildi

Turkiyada 2022 yil davomida 713 ta arxeologik tadqiqot guruhi faoliyat olib borgani holda, 10500 ga yaqin osori atiqa topildi va muzeylarga topshirildi.

1937888
Turkiyada qariyb 10500 ta osori atiqa topildi

 

Turkiyada 2022 yil davomida 713 ta arxeologik tadqiqot guruhi faoliyat olib borgani holda, 10500 ga yaqin osori atiqa topildi va muzeylarga topshirildi.

Eng ko‘p arxeologik tadqiqot Egey va O‘rtayer dengizini bog‘laydigan Mug‘la viloyatiga to‘g‘ri keldi. Sakkiz ming yillik tarixga ega qadimiy hududda 54 ta yo‘nalishda arxeologik izlanish olib borildi.

Egey dengizi durdonasi deya ta’riflanadigan Izmirda esa 41 ta arxeologik tadqiqot o‘tkazildi.

Mamlakatda kema halokatlari va antik davr durdonalari o‘rganish – dengiz arxeologiyasi bo‘yicha ham izlanishlar olib borildi.

Turkiyalik olimlar qazishma, arxeologik tadqiqot, geofizik (georadar) va tozalash ishlari kabi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro miqyosda e’tirof qozongan. Xususan, insoniyat tarixining muhim chorrahasi, Yer yuzidagi eng qadimiy aholi punktlari joylashgan Onado‘li mintaqasida so‘nggi ikki asr davomida diqqatga molik topilmalar aniqlandi. Bugungi kunda esa butun mamlakat bo‘ylab tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil davomida ham 750 ga yaqin yo‘nalishda arxeologik faoliyat olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Avval xabar berganimizdek, Turkiya hududidagi antik davrga oid Adrianapolis shahrida olib borilayotgan arxeologik qazishmalarda Ellin, Rim hamda Vizantiya davriga oid qimmatli eksponatlar topilgan.

Bir muddat oldin Turkiya turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi, VIII asrga oid To‘nyuquq bitiktoshini muhofaza etish maqsadida katta loyihaga qo‘l urgani haqida ma'lum qilgandik.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar