Turkmaniston tabiiy gazini Turkiyaga yetkazib berish masalasi ustidan kelishib olindi

Alparslan Bayraktar bilan Mikayıl Jabborov, Istanbulda uyushtirilgan Turkiya - Ozarbayjon tabiiy gaz sohasida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimida ishtirok etdi.

2139702
Turkmaniston tabiiy gazini Turkiyaga yetkazib berish masalasi ustidan kelishib olindi

Turkmaniston tabiiy gazini Ozarbayjon va Gruziya orqali Turkiyaga yetkazib berish masalasi ustidan kelishib olindi.

Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikayıl Jabborov bilan Istanbulda uyushtirilgan Turkiya - Ozarbayjon tabiiy gaz sohasida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimida ishtirok etdi.

Marosim ortidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida nutq so‘zlagan Bayraktar, ikki davlat bugungi kunga qadar ko‘plab loyihalarni birgalikda yo‘lga qo‘yganini ifoda etib, mavzu haqida:

“Boku – Tbilisi - Jeyhun xom neft quvur liniyasi Kaspiy dengizi va Kavkaz mintaqasidagi neftni, xususan, Ozarbayjon neftini Turkiyaga va Turkiya orqali jahon bozorlariga yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega. Bu holat jahon neft bozori, to‘g‘rirog‘i jahon neft talabining muvozanati jihatidan muhimdir”, - dedi.

Ikkala davlatning Boku – Tbilisi - Erzurum tabiiy gaz quvur liniyasi bilan Trans - Anado‘lu tabiiy gaz quvur liniyasi loyihasini (TANAP) yo‘lga qo‘yganini yodga solgan Bayraktar, o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Ayniqsa, bugun imzolagan kelishuvimiz orqali aloqalarimiz tabiiy gaz sohasida yangi bosqichga ko‘tarilmoqda./.../ Bu kelishuv 2030 – yilga qadar Ozarbayjon resurslari, tabiiy gaz va Kaspiy dengizidagi tabiiy gazning Turkiyaga, bir qismining esa Turkiya orqali Yevropaga yetib borishini o‘z ichiga oladi degan fikrdamiz. Shu bilan birga Turkmaniston tabiiy gazining Ozarbayjon va Gruziya orqali Turkiyaga yetib borishi masalasida ham bu shartnoma natijasida kelishib oldik”.  

Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida birgalikda o‘rnatilgan quvir liniyalariga, Ozarbayjonga qarashli Naxchivon avtonom respublikasiga tabiiy gaz yetkazib beruvchi Ig‘dir – Naxchivon quvir liniyasining yangi, hatto “qardosh” sifatida qo‘shilganini ifoda etgan Energetika vaziri Bayraktar, “Xudo xohlasa bu yil, qishda Naxchivonning tabiiy gazi Turkiya orqali topshiriladi. Bu liniyani eng qisqa vaqtda ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz”, - deya gapirdi.

Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Jabborov esa, Turkiya - Ozarbayjon hamkorligi Yevropaning energiya xavfsizligiga hissa qo‘shganiga e’tibor qaratdi.

Ig‘dir - Naxchivon quvur liniyasining ham ahamiyatiga to‘xtalgan Jabborov, bu mintaqaga yuboriluvchi tabiiy gaz orqali Turkiya - Ozarbayjon qardoshligi bilan bir qatorda Nahchivonning ham energiya xavfsizligi mustahkamlanishini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar