Turkiyaga 1,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiya kiritildi

Joriy yilning mart oyida Turkiyaga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar umumiy miqdori 336 million dollarni tashkil qilgan bo'lib, bu miqdor 2024 yilning dastlabki uch oyida 1,5 milliard dollarga yetdi.

2139326
Turkiyaga 1,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiya kiritildi

 

Joriy yilning birinchi choragida Turkiyaga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 1,5 milliard dollarga yetdi.

Xalqaro investorlar assotsiatsiyasi (YASED) Xalqaro toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar byulletenini e'lon qildi.

Shunga ko'ra, mart oyida Turkiyaga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar umumiy miqdori 336 million dollarni tashkil qilgan bo'lib, bu miqdor 2024 yilning dastlabki uch oyida 1,5 milliard dollarga yetdi.

Ushbu davrda eng ko'p investitsiyalar moliya va sug'urta faoliyatiga to'g'ri keldi.

Birinchi chorakda Yevropa Ittifoqi davlatlari 58 foizlik ulush bilan Turkiyaga investitsiya kiritishda eng oldingi saflardan joy oldi.

Mamlakatlar miqyosida nazar tashlanganda, Niderlandiya 25 foiz ulush bilan yetakchilik qilmoqda.

Amerika Qo'shma Shtatlari 21 foiz bilan ikkinchi,Germaniya esa, 12 foiz ulush bilan uchinchi o'rinni egalladi.


Tanlangan kalimalar: #investitsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar