Istanbulga 3 oyda 4 million nafarga yaqin chet ellik sayyoh keldi

Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar soni, o‘tgan 2023 – yilning xuddi shu davriga nisbatan 8,22 foizga ortdi.

2138205
Istanbulga 3 oyda 4 million nafarga yaqin chet ellik sayyoh keldi

Istanbulga 2024 - yilning ilk 3 oyida 3 million 766 ming 718 nafar chet ellik sayyoh keldi.

Istanbulga kelgan chet ellik sayyohlar soni, o‘tgan 2023 – yilning xuddi shu davriga nisbatan 8,22 foizga ortdi.

Turkiyaga ilk 3 oyda kelgan 7 million 42 ming 850 nafar chet ellik sayyohning yarmidan ko‘pi Istanbuldan kuzatildi.

Shaharga bu yilning mart oyida o‘tgan yilning xuddi shu oyiga nisbatan 8.49 foizlik ortish bilan 1 million 309 ming 200 nafar chet ellik sayyoh kelar ekan, ulardan 163 ming 548 nafari Rossiya Federatsiyadan ekani qayd etildi.

Istanbulga Rossiya Federatsiyasidan keyin eng ko‘p Eron (121 ming 194 nafar kishi), Germaniya (115 ming 563 nafar kishi), Britaniya (57 ming 97 nafar kishi), Amerika Qo‘shma Shtatlari (55 ming 940 nafar kishi), Fransiya (40 ming 828 nafar kishi) va Italiyadan (35 ming 446 nafar kishi) sayyoh keldi.

Mart oyida Arab davlatlaridan Istanbulga eng ko‘p sayyoh Jazoir, Iroq, Marokash, Saudiya Arabistoni, Livan, Liviya, Misr, Iordaniya va Tunisdan tashrif buyurgani aniqlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul , #chet ellik sayyoh

Aloqador xabarlar