Joriy yilda Turkiyaga 4 millionga yaqin xorijlik turist keldi

Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yilning dastlabki 2 oylik turizm maʼlumotlarini eʼlon qildi.

1964698
Joriy yilda Turkiyaga 4 millionga yaqin xorijlik turist keldi

 

Turkiya joriy yilning dastlabki 2 oyida 4 millionga yaqin xorijlik mehmonni qabul qildi.

Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yilning dastlabki 2 oylik turizm maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Shunga ko'ra, aytilgan davrda Turkiya 3 million 876 ming 381 chet ellik ziyoratchini mezbonlik qilgan bo'lsa, ikki oylik davrdagi ziyoratchi ortish darajasi o'tgan yilga nisbatan 37,31 foizni tashkil etdi.

Yanvar va fevral oylarida Turkiyaga 105,99 foiz o'sish bilan eng ko'p tashrif buyurgan davlat Rossiya bo'ldi.

Ikkinchi o‘rinni 33,19 foiz o‘sish bilan Bolgariya, uchinchi o‘rinni esa 24,6 foiz o‘sish bilan Germaniya egalladi. Eron va Gruziya ham mos ravishda eng ko'p tashrif buyurgan davlatlar qatorida o’rin oldi.

Dastlabki ikki oyda Rossiyadan 507 ming 513 kishi, Bolgariyadan 318 ming 11 kishi va Germaniyadan 288 ming 124 kishi mehmon qilindi.

Fevral oyida Turkiyaga o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 21,35 foiz ortish bilan 1 million 870 ming 414 nafar chet ellik tashrifchi keldi.

Fevral oyida Rossiyadan 227 ming 965, Bolgariyadan 150 ming 873 va Germaniyadan 148 ming 169 kishi Turkiyaga kirdi.

Fevral oyida Turkiyaga eng ko’p tashrif buyurgan davlatlar reytingida Rossiya 103 foiz o’sish bilan birinchi, Bolgariya 17,14 foiz o’sish bilan ikkinchi, Germaniya esa 15,16 foiz ortish bilan uchinchi o’rinni egalladi.

Germaniyadan keyin Eron va Gruziya joy oldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ziyorat , #Sayyoh , #Turkiya

Aloqador xabarlar