Türkiye qalampir eksportini eng ko‘p Germaniyaga yo‘lga qo‘ydi

Türkiye o‘tgan yili qalampir eksportini eng ko‘p Germaniyaga yo‘lga qo‘ydi.

1931864
Türkiye qalampir eksportini eng ko‘p Germaniyaga yo‘lga qo‘ydi

Türkiyening qalampir eksporti 2022-yilda o‘tgan yilga nisbatan 14 foiz ortib, undan 10,5 million dollar daromad olindi.

Janubiy-Sharqiy Anado‘lu eksportchilar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yili Türkiyedan 9 million 222 ming dollarlik qalampir eksport qilingan.

2022-yilda esa eksport 2021-yilga nisbatan 14,3 foizga ortar ekan, undan 10 million 549 ming dollar daromad olingan.

Germaniya, Britaniya, Fransiya, Norvegiya, O‘zbekiston, Nigeriya, Malta, Rossiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Italiya kabi dunyoning 104 davlatida taomlar lazzatiga lazzat qo‘shgan qalampirdan 2022-yili 4 ming 241 tonna sotilgan.

O‘tgan yili eng ko‘p Germaniyaga qalampir eksport qilindi va undan 2 million 350 ming dollar daromad olindi.

Qalampir eksporti Germaniyadan keyin Niderlanidiya (1 million 401 ming dollar) bilan Britanbiyaga (1 million 382 ming dollar) yo‘lga qo‘yildi.



Aloqador xabarlar