Turkiya 3 oyda 84 davlatga choy eksport qildi

Turkiya bu yilning yanvar-mart oylarida dunyoning 84 davlatiga 5 million 271 ming 933 dollarlik choy eksport qildi.

1813166
Turkiya 3 oyda 84 davlatga choy eksport qildi

Turkiyadan bu yilning yanvar-mart oylarida dunyoning 84 davlatiga roppa-rosa 660 tonna choy eksport qilinar ekan undan, 5 million 271 ming 933 dollar daromad olindi.

Sharqiy Qora dengiz Eksportchilar uyushmasi maʼlumotiga koʻra Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi choy eksportidan eng koʻp daromad olingan davlatlardan.

Bu davrda Belgiyaga 847 ming 988, Buyuk Britaniyaga 825 ming 938, Germaniyaga 816 ming 861, Niderlandiyaga 432 ming 35 va Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga 415 ming 82 dollarlik choy sotilgan

Oʻtgan yilning dastlabki 3 oyidan farqli oʻlaroq bu davrda Kamerun, Vengriya, Kotd’Ivuar, Ekvatorial Gvineya, Keniya, Tanzaniya, Litva, Estoniya va Finlyandiyaga ham choy yuborilgan.



Aloqador xabarlar