Erondagi sel falokatining qariyb 170 million dollarlik ziyonga yo’l ochganligi aytilmoqda

Erondagi og’ir yog’ingarchilik tufayli yuz bergan sel falokati mamlakatning faqatgina 5 viloyatining o’zida, qariyb 170 million dollarlik ziyonga yo’l ochdi.

1172435
Erondagi sel falokatining qariyb 170 million dollarlik ziyonga yo’l ochganligi aytilmoqda

Erondagi og’ir yog’ingarchilik tufayli yuz bergan sel falokati mamlakatning faqatgina 5 viloyatining o’zida, qariyb 170 million dollarlik ziyonga yo’l ochdi.

Qishloq xo’jaligi vaziri Mahmud Hujjatiy oxirgi kunlarda mamlakatda davom etgan og’ir yog’ingarchilik tufayli yuz bergan sel falokatining Guliston va Mazenderan viloyatidagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlariga 120 million dollardan ham ortiq ziyon yetkazganligini qayd etdi.

Erondagi ISNA axborot agentligiga intervyu bergan mamlakatning Kirmanshah viloyatining iqtisodiy inqiroz masalalari bo’yicha kuzatuvchilar rahbari Jalil Balayi ham, sel falokatining Kirmanshah viloyatiga qariyb 28 million 923 ming dollarlik ziyon yetkazganligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha mazkur ziyon ko’proq viloyatning qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari ustidan yetkazilgan. Uni takror ekin ekishga tayyorlash va ekin ekish uchun esa qariyb 58 million 846 ming dollar kerak bo’ladi.

Chaxarmahal-Bahtiyoriy viloyatining Qishloq xo'jaligi instituti rahbari Zebihullah Garib ham viloyatdagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarini sug’orish tizimlarining sel tufayli qariyb 8 million 846 ming dollar ziyon ko’rganligini ma’lum qildi.

Simnan viloyati hokimi Aliriza Ashinager ham, sel tufayli Simnan viloyatining qariyb 7 million 692 ming dollarlik ziyonga uchraganligini bildirdi.

Ashinager shuningdek, viloyatda sel falokati tufayli paydo bo’lgan yer ko'chkilari oqibatida 120 uyga ziyon yetganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Roppa-rosa 19 kishining umriga, 100 dan ortiq kishining sog’ligiga zomin bo’lgan Fars viloyatida bir kunlik motam e’lon qilin qilindi.

Eron bo’ylab qariyb 10 kundan beri davom etayotgan og’ir yog’ingarchilik yo’l ochgan sel falokati tufayli esa jami 27 kishi jon berdi.

Sel falokati 31 viloyatning 25ida turli ziyonlarga yo’l ochdi.



 



Aloqador xabarlar