Lavrov:"AQSh Falastin davlati barpo etilishiga to'sqinlik qilmoqda"

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Isroil va uning tarafdori Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Falastin davlati barpo etilishiga har tomonlama to'sqinlik qilishga harakat qilmoqda.

2142399

Sergey Lavrov Qozog'iston poytaxti Ostonada bo'lib o'tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishidan keyin matbuot anjumani o'tkazdi.

Vazirlar yig'ilishida Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilganliklarini ifoda etgan Lavrov, Falastin davlatini yaratishning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

Lavrov, “Yevrosiyoning bu mintaqasida Falastin davlatini tuzmasdan turib xavfsizlikni ta’minlash mumkin emas degan umumiy fikrga keldik.

“Isroil ham, Isroilni qo’llab-quvvatlayotgan AQSh ham bu jarayonni (Falastin davlatini barpo etish) har tomonlama oldini olishga harakat qilmoqda”, - dedi u.

Tanlangan kalimalar: #Davlat , #Falastin , #Sergey Lavrov , #Rossiya

Aloqador xabarlar