Gretsiyada davlat xizmatchilari ish tashlash e'lon qildi

Mamlakatda yashash narxining yuqoriligiga e'tibor qaratgan Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi davlat xizmatchilarining iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashni talab qildi.

2142506
Gretsiyada davlat xizmatchilari ish tashlash e'lon qildi

 

Gretsiyada davlat xizmatchilari Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (ADEDY) chaqirig'i bilan 24 soatlik ish tashlash e'lon qildi.

Mamlakatda yashash narxining yuqoriligiga e'tibor qaratgan Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi davlat xizmatchilarining iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashni talab qildi.

Namıoyishchilar Gretsiyaning poytaxti Afinada Moliya vazirligi binosi oldida to'planib, norozilik namoyishi o'tkazdi.

Ular davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirish, soliq olinmaydigan daromadlar miqdorini oshirish va davlat xizmatchilari sonini oshirishni talab qilishdi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya

Aloqador xabarlar