AQSh Isroilning G'azoga hujumlarini genotsid deb baholamaydi

"Men ochiq aytaman, Xalqaro Sudning Isroil haqidagi da'volariga zid ravishda, G'azoda sodir bo'lgan voqealar genotsid emas. Biz buni qabul qilmaymiz",-deydi Jo Bayden.

2142358
AQSh Isroilning G'azoga hujumlarini genotsid deb baholamaydi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Isroilning G'azoga hujumlarini genotsid deb baholamaydi.

Bu haqda Jo Bayden Oq uyda "Amerika yahudiy merosi oyligi" munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda ma'lum qildi.

"Men ochiq aytaman, Xalqaro Sudning Isroil haqidagi da'volariga zid ravishda, G'azoda sodir bo'lgan voqealar genotsid emas. Biz buni qabul qilmaymiz",-deydi Jo Bayden.

U shuningdek, Xalqaro Jinoiy Sud Bosh prokurori Karim Xonning Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan “hibsga olish orderi” berish haqidagi arizasini rad etganini bildirdi.

“Xalqaro jinoiy sud prokurorining Isroil rahbarlarini hibsga olish uchun order berayotgani haqidagi bayonoti g‘azabnokdir. Bu prokuror nimani nazarda tutmasin, Isroil va HAMAS o‘rtasida tenglik yo‘q”, degan AQSH Prezidenti Jo Bayden.

Uning ta'kidlashicha, Isroil va Hamasni tenglashtirish haqida gap bo'lishi mumkin emas.

Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMASning uch yetakchisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Xoniyani hibsga olish uchun order berishni talab qilgan edi. Prokuror bayonotida isroillik siyosatchilar va HAMAS yetakchilari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar ekanligi ta’kidlangan.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar