Kolumbiyada sodir etilgan hujumda 6 kishi tan jarohati oldi

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro hujumga munosabat bildirib, armiyaga operatsiya o'tkazishni buyurdi.

2142190
Kolumbiyada sodir etilgan hujumda 6 kishi tan jarohati oldi

 

Kolumbiya janubi-g'arbida politsiya xodimlariga qarshi sodir etilgan hujumda 6 kishi tan jarohati oldi. Ulardan 2 nafari politsiyachi.

Kavka ma'muriy hududidagi Morales shahrida mehmonxona yaqinida politsiya xodimlariga qarshi qo'lbola bomba otilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumni mototsiklda kimligi noma'lum shaxslar amalga oshirgan.

Portlashdan ko'p o'tmay, politsiya bo'limiga avtomat qurollar bilan o't ochilgan.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro hujumga munosabat bildirib, armiyaga operatsiya o'tkazishni buyurdi.

Kolumbiya ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarga ko'ra, hujum uchun FARCning sobiq a'zolaridan iborat Estado Mayor Central (EMC) a'zolari javobgar deb topilgan.

Mamlakat prezidenti Petro 22-mart kuni FARCning sobiq yetakchilaridan biri Ivan Mordiskoni qo‘lga olishga buyruq bergandi va u bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kolumbiya

Aloqador xabarlar