Eronda prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi

Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning o'rniga muvaqqat prezident etib tayinlangan vitse-prezident Muhammad Muhbir mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovi sanasini 28 iyun deb e'lon qildi.

2142123
Eronda prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi

 

Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Eron rasmiy xabar agentligi IRNA xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning o'rniga muvaqqat prezident etib tayinlangan vitse-prezident Muhammad Muhbir mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovi sanasini 28 iyun deb e'lon qildi.
Muhammad Muhbir masala yuzasidan parlament spikeri Muhammad Boqir Qolibaf va Sud hokimiyati rahbari G'ulomhusayn Muhsin Ejey bilan yig'ilish o'tkazdi.

Yig’ilish yakunida berilgan bayonotda saylovning 28 iyun kuni o’tkazilishi e'lon qilindi.

Prezidentlik saylovlarida nomzod boʻlishni xohlovchilar 30-maydan 3-iyungacha zarur arizalarni topshirishlari kerak.

Shuningdek, saylovoldi targ‘ibot tadbirlari 12 iyundan 27 iyun ertalabgacha amalga oshiriladi.

Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi nomzodlarni ro‘yxatga olish 28 maydan boshlanishini taklif qilgan. Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi Eronda parlamentdan yuqori organ bo‘lib, u Majlis (parlament) deputatlari tomonidan qabul qilingan qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini tahlil qilishdan tashqari, saylovga nomzodlarni tasdiqlash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u yirik davlat lavozimlariga, jumladan, prezidentlikka nomzodlarni ham tasdiqlaydi.

Eslatish joizki, 19 may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiyni olib ketayotgan vertolyot Eron shimoli-g‘arbiy qismida halokatga uchradi. Vertolyotda Prezident bilan birga Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va ba’zi rasmiylar ham bo'lgan. Ularning barchasi vertolyot qulashi oqibatida hayotdan ko’z yumgan.

Qidiruv operatsiyasi 12 soatdan ortiq davom etdi. Hammasi bo‘lib, bortda kamida sakkiz kishi, jumladan, ikki uchuvchi va bir texnik xodim bo‘lgan.

Vertolyot qulagan joyda qutqaruv ishlari yakunlandi. 


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Eron

Aloqador xabarlar