Braziliyada suv toshqinlari qurbonlari soni 158 nafarga yetdi

Toshqindan jabrlanganlar soni 2 million 300 mingdan oshgan, 82 ming 666 kishi falokat hududlaridan qutqarilgan.

2142091
Braziliyada suv toshqinlari qurbonlari soni 158 nafarga yetdi

 

Braziliyada kuchli yog'ingarchilik sababli yuzaga kelgan suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 158 nafarga yetdi.

Mamlakat janubidagi Rio Grande do Sul shtatida 2 haftadan beri davom etayotgan yomg'irlar suv toshqinlariga sabab bo'ldi. Bu esa kundalik hayotga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Shtat fuqarolik mudofaasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, suv toshqinlarida halok bo'lganlar soni 158 nafarga yetgan, bedarak yo'qolganlar soni esa 88 nafarni tashkil qilmoqda.

Toshqindan jabrlanganlar soni 2 million 300 mingdan oshgan, 82 ming 666 kishi falokat hududlaridan qutqarilgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlarida taxminan 30 ming kishi ish olib bormoqda.

Milliy fuqaro aviatsiyasi agentligining so'nggi bayonotiga ko'ra, yomg'irning hafta oxirigacha davom etishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar