Eronda 5 kunlik milliy motam e’lon qilindi

Eron Konstitutsiyasiga ko‘ra, 68 yoshli vitse-prezident Muhammad Muxbar mamlakatning vaqtinchalik prezidenti bo‘ladi.

2141787
Eronda 5 kunlik milliy motam e’lon qilindi

 

Eronning diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Xamaney mamlakatda saylovlar o'tkazilgunga qadar Eronning vaqtinchalik prezidenti vitse-prezident Muhammad Muhbir bo'lishini va mamlakatda 5 kunlik milliy motam e’lon qilinganini ma’lum qildi.

Bu haqda mahalliy matbuot xabar bermoqda.

Eron Konstitutsiyasining 131-moddasiga ko‘ra, Prezident vafot etgan taqdirda uning vakolatlari birinchi vitse-prezidentga o‘tadi. 2021 yildan buyon bu lavozimni Muhammad Muhbir egallab keladi. Prezidentlik vakolatlari unga keyingi ikki oy davomida o‘tadi. Yangi prezidentlik saylovlari 50 kun ichida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Muhammad Muhbir 1955 yilda Dizful shahrida tug‘ilgan. “Xalqaro huquq va menejment” fanlari nomzodi va magistr darajasiga ega. U Eron-Iroq urushi davrida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining tibbiy bo‘limida ofitser bo‘lib xizmat qilgan. 2021 yil 8 avgustda u Eronning birinchi vitse-prezidenti etib tayinlangandi.


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar