Butun dunyo Eron xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirmoqda

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Eronning diniy yetakchisi Ali Xamaneyga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

2141772
Butun dunyo Eron xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirmoqda

 

Butun dunyodan yetakchilar Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyonning vertolyot halokatida fojiali halok bo‘lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirmoqda.

Jumladan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Eronning diniy yetakchisi Ali Xamaneyga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

“Ushbu qayg‘uli kunda Alloh taolodan do‘st va qardosh Eron xalqiga sabr va madad tilayman, ularning dardiga sherik ekanligimizni izhor etaman hamda Sizga, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun xalqingizga oʻz nomimdan va Ozarbayjon xalqi nomidan hamdardlik bildiraman. Halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin!”, - deb yozadi Aliyev oʻz maktubida.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ham ta’ziya maktubi yo’lladi.

“Marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ta’riflashga til ojizlik qiladigan ushbu voqea munosabati bilan qayg'udamiz. Ozarbayjon qardosh va doʻst Eron Islom Respublikasini qoʻllab-quvvatlaydi va birdamlikni taklif qiladi”, deyiladi maktubda.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov ham o‘z maktubida, “Qardosh Eron xalqiga, ushbu fojiali voqeada halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman”,- dedi.

Yevropa Ittifoqi rahbari Charlz Mishel ham Eron xalqiga hamdardlik bildirdi.

“Yevropa Ittifoqi vertolyot halokatida halok bo’lgan Eron Prezidenti Raisiy va Tashqi ishlar vaziri Abdullahiyon hamda ekipaj aʼzolarining vafoti munosabati bilan samimiy hamdardlik bildiradi. Qalbimiz ularning oilalari bilan birga…", dedi u.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif hamdardlik maktubida ushbu voqea tufayli Pokiston bayroqlari bir kun davomida yarim tushirilishini ma’lum qildi.

“Pokiston biroy avval Eron Prezidenti Raisiy va Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyonga mezbonlik qilgandi. Ular Pokistonning yaxshi do'stlari edi. Pokistonda bir kun motam tutiladi. Prezident va uning doʻstlariga hurmat va birodar Eron xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida bayroqlarimiz yarimga tushiriladi”,-deydi Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar