Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 70 kishi halok bo‘ldi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 226 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

2141362
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 70 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 2023 – yilning 7 – oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda oxirgi 24 soatda falastinlik yana 70 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 226 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Shunga ko‘ra Isroil kuchlari tomonidan oxirgi 24 soatda G‘azo sektoriga qarshi 8 marotaba qatliom uyushtirilgan. Oqibatida falastinlik yana 70 kishi halok bo‘lar ekan, 110 kishi tan jarohati olgan.

Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar sonining 35 ming 456 nafarga yetgani, tan jarohati olganlar sonining esa 79 ming 476 nafar ekani ta’kidladi.

Bayonotda shuningdek, haligacha vayronalar ostida va yo‘l chetida qolib ketgan jasadlar borligi ammo ularni Isroilning moneligi yuzasidan olish imkoni bo‘lmagani ham qayd etildi.



Aloqador xabarlar