Isroil hujumlarida yana 14 nafar falastinlik hayotdan ko'z yumdi

G'azoning markaziy qismidagi An-Nuseyrat qochqinlar lagerida ko'chirilgan falastinliklar qolayotgan Al-Jauni maktabiga havo hujumi oqibatida 4 nafar falastinlik halok bo'ldi, bir qismi yaralandi.

2140754
Isroil hujumlarida yana 14 nafar falastinlik hayotdan ko'z yumdi

 

Isroil armiyasining G'azoning turli hududlarida uyushtirgan hujumlarida 14 nafar falastinlik hayotdan ko'z yumdi.

Isroil harbiy samolyotlari tun bo‘yi G‘azoning shimoli, janubi va markaziy qismiga havo hujumlari uyushtirdi.

G'azoning markaziy qismidagi An-Nuseyrat qochqinlar lagerida ko'chirilgan falastinliklar qolayotgan Al-Jauni maktabiga havo hujumi oqibatida 4 nafar falastinlik halok bo'ldi, bir qismi yaralandi.

Kechqurun 9 kishining jasadi Xan Yunusdagi Yevropa kasalxonasiga yetkazildi.

Jibaliya qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujumda yaralanganlar bor.

Janubdagi Rafah shahridagi Al-Avde  chorahasi  yaqinida sodir etilgan hujumda bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi.

Boshqa tomondan, ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohildagi Tulkarim va Kalkilya shaharlarida Isroil askarlari tomonidan 1 Falastinlik halok bo'lgani, 1 nafari bola 2 nafari yaralangani ma'lum qilindi.

Isroil armiyasining G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida biri ayol bo'lgan yana 4 nafar jurnalist hayotdan ko'z yumdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) so'nggi 10 kun ichida Isroil hujumlari ostida G'azo sektorida 700 mingdan ortiq falastinlik majburan ko'chirilganini ma'lum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin Inson Huquqlari boshqarmasining X ijtimoiy media akkauntida qilingan bayonotda,

Isroilning hujumlari va "evakuatsiya" ogohlantirishlari tufayli G'azoning janubida 600 ming, shimolda esa 100 mingdan ortiq falastinlik bolalar, qariyalar va nogironlar bo'lganiga diqqat qaratildi.

“Isroil kuchlari ko‘chirilganlarni xavf ostiga qo‘yishni bas qilishi va iloji bo‘lsa, ularning asosiy ehtiyojlarini qondirishi kerak”, — deyiladi bayonotda.

  Bu insonparvarlik yordami va hayot uchun zarur bo'lgan boshqa narsalarning kirib kelishi va tarqatilishini osonlashtirishi kerak."

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar