Pokiston Fatah-II raketa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazganini e'lon qildi

Pokiston armiyasi qisqa masofali mahalliy ishlab chiqarilgan Fatah-II boshqariladigan raketa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazganini e'lon qildi.

2140238

Armiya tomonidan berilgan bayonotda, Fath-II boshqariladigan raketa tizimining 400 kilometr masofaga ega ekanligi qayd etildi.

Bayonotda, so'z yuritilayotgan raketa tizimining eng zamonaviy navigatsiya tizimi va noyob traektoriya va manevr qobiliyatiga ega ekanligi ta'kidlandi.

Bayonotda ta'kidlanishicha, raketa nishonlarni yuqori aniqlik bilan urib, barcha raketaga qarshi mudofaa tizimlarini zararsizlantiradi.

  Bosh vazir Shahboz Sharif va armiya raketa tizimini yaratish ustida ishlagan olimlar va muhandislarni hamda muvaffaqiyatli uchirishni amalga oshirgan askarlarni tabriklagani bildirildi.

Tanlangan kalimalar: #Sinov , #Raketa , #Fatah-II , #Pokiston

Aloqador xabarlar