Hamas o't ochishni to'xtatish taklifini qabul qilganini, biroq Isroil hujumni to'xtatmaganini aytdi

Hamas Harakati Siyosiy Byurosi rahbari Ismoil Heniyye, G'azoda o't ochishni to'xtatish taklifini qabul qilganliklarini, biroq Isroil bunga Rafah shahriga quruqlik hujumi bilan javob berganini aytdi.

2140364
Hamas o't ochishni to'xtatish taklifini qabul qilganini, biroq Isroil hujumni to'xtatmaganini aytdi

 

Hamas Harakati Siyosiy Byurosi rahbari Ismoil Heniyye, G'azoda o't ochishni to'xtatish taklifini qabul qilganliklarini, biroq Isroil bunga Rafah shahriga quruqlik hujumi bilan javob berganini aytdi.

Ismoil Haniya Nakbaning (Buyuk falokat) 76 yilligi munosabati bilan qilgan nutqida, Isroilning tarixiy Falastin yerlarida Nakbaning tashkil topganini e'lon qilganidan beri 76 yil o'tgan bo'lsa ham, "yo'q  bo’lish" qo'rquvi hamon davom etayotganini ta'kidladi.

Misr va Qatar hamda Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh) vositachiligida G’azoda o’t ochishni to’xtatish bo’yicha muzokaralarga to’liq ijobiy munosabatda bo’lganliklarini ifoda etgan Haniye:

"Hamas G'azoda o't ochishni to'xtatish va asirlar almashinuvini ta'minlash uchun vositachi bo'lgan Misr va Qatarning sa'y-harakatlarini olqishladi. Bosqinchi bunga javoban Rafah chegara darvozasini egallab, Rafah shahriga quruqlik hujumini uyushtirdi".

Haniya, HAMAS boshqa Falastin guruhlari bilan birgalikda G'azoga qarshi urushni to'xtatish uchun sa'y-harakatlarini davom ettirishini ta'kidladi.

AQShning Hamasni sulh muzokaralarini sabotaj qilganlikda ayblashda davom etayotganini eslatgan Ismoil Haniye, bu G'azodagi genotsidni harbiy va siyosiy jihatdan qo'llab-quvvatlagan AQShning Isroil tomonida bo'lishni davom ettirayotganidan dalolat ekanini aytdi.

G'azoga hujumlarini davom ettirayotgan Isroilga qarshi tashlangan qadamlarga e'tibor qaratgan Heniyye, Turkiyaning Isroil bilan savdoni to'xtatishi va Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi ochgan genotsid da'vosiga aralashuvini qadrlaganliklarini bildirdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar