Rossiya Ukrainaning uchta aholi punktini nazorat ostiga olganini ma'lum qildi

Rossiya armiyasining Ukrainadagi harakatlari haqida ma’lumot berildi.

2140022
Rossiya Ukrainaning uchta aholi punktini nazorat ostiga olganini ma'lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Xarkov viloyatida 2, Zaporojye viloyatida esa 1 aholi punktini nazoratga olganliklarini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, Rossiya armiyasining Ukrainadagi harakatlari haqida ma’lumot berildi.

Rossiya Qurolli kuchlari faoliyatlari natijasida ayrim aholi punktlarining nazorat ostiga olingani ifoda etilgan bayonotda, shimoliy harbiy bo‘linmalari tomonidan Xarkov viloyatidagi Glubokoye va Lukyantsi aholi punktlari qo‘lga kiritilgani bildirildi.

Bayonotda, Rossiyaning Dnepr harbiy bo‘linmalari esa Zaporojye viloyatidagi Rabotino aholi punktini nazorat ostiga olgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar