Slovakiya Bosh vaziriga suiqasd sodir etildi

Bosh vazir vertolyotda poytaxt Bratislavadagi shifoxonaga olib ketilgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

2140137
Slovakiya Bosh vaziriga suiqasd sodir etildi

 

Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Robert Fitso tashqarida yig‘ilganlar oldiga chiqqanida, unga qarata o‘q uzilgan. Shundan so‘ng, Fitso zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Qayd etilishicha, Fitso hukumat yig‘ilishidan keyin mahalliy aholi vakillari bilan ko‘rishgan, ulardan biri esa unga qarata o‘t ochgan. Oqibatda Bosh vazir yerga yiqilgan, uning ko‘krak sohasi va qorin qismiga jarohat yetkazilgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda politsiyachilar tomonidan vazirga hujum qilgan shaxsning qo‘lga olinishi videosi tarqalgan.

Bosh vazir vertolyotda poytaxt Bratislavadagi shifoxonaga olib ketilgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Slovakiya

Aloqador xabarlar