Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘z lavozimini tark etadi

Prezident Putin Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni ham lavozimidan ozod qildi. Patrushev 2008 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi. Uning o‘rniga Sergey Shoygu egallaydi.

2138852
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘z lavozimini tark etadi

 

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘z lavozimini tark etadi. Uning o‘rnini sobiq bosh vazir o‘rinbosari va iqtisodchi Andrey Belousov egallaydi.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

Rossiya parlamentining yuqori palatasi Federatsiya Kengashi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Putin o'z vakolatlari doirasida vazirlarni tayinlash uchun belgilagan nomzodlarni parlamentga taklif qildi.

Tashqi ishlar vazirligi lavozimiga ayni damda ushbu vazifada ishlab kelayotgan Sergey Lavrovni tavsiya qilgan Putin, Andrey Belousovni mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi.

Prezident Putin Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni ham lavozimidan ozod qildi. Patrushev 2008 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi. Uning o‘rniga Sergey Shoygu egallaydi.

2012-yilda Putin tomonidan Rossiya Mudofaa vaziri etib tayinlangan Sergey Shoygu, 2015-yilda terror tashkiloti DEASHga qarshi kurash olib borgan Rossiya armiyasining Suriyaga kirishini taʼminlab, Suriyadagi barcha operatsiyalarni boshqargandi.

2022-yil 24-fevralda Rossiya-Ukraina urushi boshlanishi bilan Rossiya Qurolli Kuchlariga shaxsan rahbarlik qilgan Shoygu Rossiya maʼmuriyatiga qarshi isyon koʻtargan “Vagner” yollanma jangarilar guruhi asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan qattiq tanqid qilingandi.

Federatsiya Kengashi 14 may kuni Putin taklif qilgan vazirlik va xavfsizlik bo'limi direktori nomzodlarini baholaydi.

Rossiya Prezidenti Putin yangi hukumat tarkibidagi tashqi ishlar vaziri, mudofaa vaziri, adliya vaziri, favqulodda vaziyatlar vaziri va ichki ishlar vazirini Federatsiya Kengashi, Rossiya parlamentining yuqori palatasi bilan kelishilgan holda va Rossiya parlamentining quyi palatasi Dumaning roziligisiz bevosita tayinlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar