Griffiths: Gʻazoda tinch aholi oʻldirilmoqda, ochlikka tashlab qoʻyilmoqda

Martin Griffits, oʻzining X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lumot boʻlishdi.

2137815
Griffiths: Gʻazoda tinch aholi oʻldirilmoqda, ochlikka tashlab qoʻyilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibining Gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari va favqulodda yordam koordinatori Martin Griffiths, 3 kundan beri Gʻazoga kirish – chiqishlarga ruxsat berilmagani va shu bois ham hech kim hech narsa olib kira olmaganini ifoda etdi.

Bu haqida:

“Gʻazoda tinch aholi oʻldirilmoqda, ochlikka tashlab qoʻyilmoqda. En gyomoni bizning ularga yordam berishimizga monelik qilinmoqda”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Martin Griffits, oʻzining X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lumot boʻlishdi.

Mintaqadagi chegara darvozalarining yopilishi yoqilgʻi yetkazib berishga toʻsqinlik qilganiga e’tibor qaratgan Griffiths, oqibatida yordam tashigan yuk tashuvchi mashinalari, generatorlar, suv, elektr energiyasi, insonlar va mahsulotlar harakati imkonsiz qilinganiga ta’kidladi.

Griffiths bu holatni yordam berishga monelik qilish sifatida baholar ekan, 3 kundan beri Gʻazoga kirish – chiqishlarga ruxsat berilmaganini qayd etdi. Shu bois ham mintaqaga hech kim hech narsa olib kira olmay, chorasiz qolganini bildirdi.

“Gʻazoda tinch aholi oʻldirilmoqda, ochlikka tashlab qoʻyilmoqda. En gyomoni bizning ularga yordam berishimizga monelik qilinmoqda”, - degan ifodalarga oʻrin bergan Bosh kotib oʻrinbosari, Gʻazoda 7 oylik dahshatli tunning oxirgi vaziyati shunday ekanini ta’kidladi.

Isroil tomonidan 7 - oktabrdan beri mintaqaga qarshi uyushtirilgan hujumlarda 35 ming nafar tinch aholi jon berdi. Ular orasida yosh bolalar bilan ayollar ham bor.

 


Tanlangan kalimalar: #Gʻazo , #tinch aholi , #Martin Griffits

Aloqador xabarlar