Armanistonda Pashinyanning iste'fosi talab qilindi

Armanistonda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosi talab qilindi.

2138006
Armanistonda Pashinyanning iste'fosi talab qilindi

Armaniston poytaxti Yerevanda arman cherkovi tomonidan uyushtirilgan namoyishda, Ozarbayjon - Armaniston chegarasini belgilash ishlarini toʻxtatish talabi bilan Bosh vazir Nikol Pashinyandan iste’foga chiqish talab qilindi.

Armanistoning rasmiy «Armenpress» axborot agentligi xabariga koʻra, Tavush viloyati diniy vakili arxiyepiskop Bagrat Galstanyan tomonidan uyushtirilgan «Vatan uchun Tavush» deb nomlangan namoyish ishtirokchilari Respublika maydonida yigʻildi.

Galstanyan bu yerdagi nutqida Bosh vazir Pashinyanning iste’fosini talab qildi va unga bir soat vaqt berdi. Pashinyan ma’muriyati arxiyepiskopga javob bermadi.

Namoyish ishtirokchilari eng avvalo Armaniston hukumatini Ozarbayjon bilan chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha kelishib olgani munosabati bilan aybladi. Keyin esa, Pashinyanning isteʼfoga chiqishini talab qilgan shiorlar bilan chiqishdi.



Aloqador xabarlar